Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun maxsus huquqiy rejim joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun yangi qulay shart-sharoitlar yaratishga oid taqdimotni ko‘rib chiqdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
2026-yilgacha bu soha uchun maxsus huquqiy rejim joriy etiladi, unda faoliyatni ro‘yxatdan o‘tkazish, soliqlarni hisoblash va to‘lash, bank hisobvaraqlarini boshqarish kabi xizmatlar yagona raqamli platforma orqali amalga oshiriladi.
Elektron hamyon va QR-kod orqali to‘lovlarni qabul qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi, shuningdek, yillik aylanmasi 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlar uchun soliq stavkasi 1 foizga tushiriladi.
Bu chora-tadbirlar tadbirkorlikni rivojlantirish, iqtisodiyotni raqamlashtirish va aholi bandligini oshirishga xizmat qiladi. Prezident takliflarni ma’qullab, tegishli qarorni imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda AES qurilishida birinchi beton 2026-yil mart oyida quyilishi haqida xabar bergan edik,