Yarim yilda 48 mingdan ortiq ayol-qiz tazyiq va zo‘ravonlikka uchradi

eʼlon qilindi
Senat a’zosi shu bo‘yicha so‘rov yubordi
Yarim yilda 48 mingdan ortiq ayol-qiz tazyiq va zo‘ravonlikka uchradi / Foto: Ekathemerini

Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi Malika Kadirxanova Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayxo Maxkamovaga xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish hamda tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha so‘rov yubordi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati ma’lum qildi.

So‘rovda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari so‘nggi yillarda oshgani ta’kidlanib, 2025-yilning birinchi yarmida 48 303 ta tazyiq va zo‘ravonlik holati qayd etilgani, bu o‘tgan yilga nisbatan 121% ko‘p ekani bildirildi. Eng ko‘p holatlar Toshkent viloyati, Buxoro, Qashqadaryo va Andijonda aniqlangan.

Senator so‘rovda tazyiqning sabablarini aniqlash, profilaktika ishlarini kuchaytirish, vakolatli organlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va mahallalarda murosasizlik muhitini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida tushuntirishlar so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kadirxanova radio binosidagi infratuzilma muammosi bo‘yicha O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisiga senator so‘rovi yo‘llagan edi.

Shuningdek