
Sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari o‘tkaziladi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tish my.gov.uz portali orqali onlayn amalga oshiriladi. Talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlab, aynan shu joyda imtihonda qatnashishlari mumkin.
Oy | Ro‘yxatga olish muddati | To‘lov muddati | Test sanalari | Tillar |
---|---|---|---|---|
Sentabr | 30-avgustgacha | 31-avgustgacha | 13-14-sentabr | ingliz, nemis, arab, turk |
Oktabr | 4-oktabrgacha | 5-oktabrgacha | 18-19-oktabr | ingliz, nemis, fransuz, arab, turk, koreys (B2, C1), dariy (B2, C1), italyan (B2, C1), uyg‘ur (C1) |
Noyabr | 1-noyabrgacha | 2-noyabrgacha | 15-16-noyabr | ingliz, nemis, arab, turk, ispan (B2, C1), xitoy (B2, C1), urdu (B2, C1), pushtu (C1) |
Dekabr | 29-noyabrgacha | 30-noyabrgacha | 13-14-dekabr | ingliz, nemis, fransuz, arab, turk, yapon (B2, C1), fors (B2, C1), hindiy (B2, C1) |
Test sanalari, tillar va ro‘yxatdan o‘tish muddatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot rasmda keltirilgan. To‘lov miqdori — 556 200 so‘m (bir yarim BHMning 90 foizi).
Quyida myGov ilovasi orqali chet tili imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish tartibi bosqichma-bosqich keltiriladi:




Keyingi bosqichda esa shaxsiy ma’lumotlarni kiritish va kerakli tilni belgilash orqali ro‘yxatdan o‘tish yakunlanadi.
Ma’lumot uchun, sana va tillar hukumat topshirig‘i hamda talabgorlar soniga qarab o‘zgarishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish testlari sanasi haqida yozgan edik.