
«Banklar tomonidan Omonatlarni kafolatlash jamg‘armasiga badallar to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Nizom banklar, shu jumladan, mikromoliya banklari va oraliq banklar tomonidan jamg‘armaga badallar to‘lash tartibini belgilaydi. Badallar O‘zbekistonning milliy valyutasida yaxlitlangan holda to‘lanadi.
Shuningdek, bir yo‘la to‘lanadigan badal miqdori bank ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foizini tashkil etadi.
Kalendar badal – bu bank tomonidan har chorakda jamg‘armaga to‘lanadigan mablag‘ bo‘lib, u hisobot choragidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay to‘lanishi lozim.
Agar kalendar badal o‘z vaqtida to‘lanmasa, har bir kechikkan kun uchun Markaziy bank asosiy stavkasining ikki baravari miqdorida penya hisoblanadi.
Bundan avval qoidabuzarliklar uchun 23 bank va ikkita mikromoliya tashkiloti jarimaga tortilgani haqida yozgandik.