Yangiliklar

Nepal 97 tog‘ni alpinistlar uchun bepul qildi

Ular orasida hali hech kim chiqmagan cho‘qqilar ham bor
Nepal 97 tog‘ni alpinistlar uchun bepul qildi / Foto: National Geographic

Nepal hukumati sayyohlarni faqat Everest tog‘iga emas, boshqa mintaqalarga ham jalb qilish maqsadida yangi chorani e’lon qildi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.

Endilikda Karnali va Sudurpaschim viloyatlaridagi 97 tog‘ni xalqaro alpinistlar kelasi ikki mavsum davomida bepul zabt etishi mumkin bo‘ladi. Ushbu tog‘lar orasida hali hech kim chiqmagan cho‘qqilar ham bor.

Karnali va Sudurpaschim hududlari uzoq va infratuzilmasi cheklangan bo‘lsa-da, hukumat bu joylarni tog‘ sporti hamjamiyatiga tanitmoqchi. Everestga chiqish ruxsatnomasi narxi $15 minggacha oshgani fonida bu qaror alpinistlarga arzonroq va kam gavjum alternativalarni taqdim etadi. Nepalda sayyohlik sohasi bir milliondan ortiq kishilarni ish bilan ta’minlaydi.

Nepal hukumati sayyohlarni faqat Everest tog‘iga emas, boshqa mintaqalarga ham jalb qilish maqsadida yangi chorani e’lon qildi. Endilikda Karnali va Sudurpaschim viloyatlaridagi 97 tog‘ni xalqaro alpinistlar kelasi ikki mavsum davomida bepul zabt etishi mumkin bo‘ladi. Ushbu tog‘lar orasida hali hech kim chiqmagan cho‘qqilar ham bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pop tumanidagi o‘rmonda yong‘in sodir bo‘lgani haqida yozgan edik.