Yangiliklar

«Ovoz» loyihasida mualliflik huquqini buzganlik holati aniqlandi

«Ovoz» loyihasi tashkilotchisi ogohlantirildi
Foto: Adliya vazirligi

«Ovoz» loyihasida marhum Sherali Jo‘rayev muallifligidagi «Qora ko‘zli sanamjon» asari huquq egasi yoki vakolatli shaxs ruxsatisiz namoyish etilgani aniqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ushbu asar The voice of Uzbekistan YouTube kanalida noqonuniy ravishda ommaga taqdim etilgani tasdiqlandi. Holat tekshiruvdan oldin bartaraf etilgan bo‘lsa-da, loyiha tashkilotchisi kelgusida qonunchilikka qat’iy amal qilishi haqida ogohlantirildi.

Vazirlik teleradiokanallar va boshqa foydalanuvchilarni mualliflik va turdosh huquqlarni hurmat qilishga chaqirdi. Qonunchilikka ko‘ra, huquq egasi zarar o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha tovon talab qilish huquqiga ega.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan shoirning she’ridan ruxsatsiz foydalangan Jaloliddin Axmadaliyev jarimaga tortilgani haqida yozgandi.