Kino va seriallar

Takror ko‘rishga arziydigan eng yaxshi 10 ta o‘zbek filmi

Kursiv Uzbekistan XXI asrda ekranlarda namoyish etilgan eng sara filmlarni tavsiya qiladi
O‘zbek tilidagi eng yaxshi 10 ta film. Kollaj: Kursiv Uzbekistan

So‘nggi yillarda o‘zbek rejissyorlari yaratgan badiiy asarlar orasida shunday filmlar bor-ki, ular birgina syujeti bilan yuragingizga yo‘l topadi, oddiy voqealar ortidan esa chuqur ma’no chiqadi. Kursiv Uzbekistan bu safar yoshlar ruhiyati, ijtimoiy ziddiyatlar va shaxsiy kechinmalarga sho‘ng‘ish imkonini beruvchi eng sara o‘zbek filmlarini taqdim etadi.

Ushbu maqolada quyidagi filmlar haqida so‘z boradi:

«Tanka»

ТАНКА  КАРАКАЛПАК КИНО

Janri: oilaviy komediya;

«Tanka» badiiy filmi 2002-yilda suratga olingan. Rejissyor O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, marhum Toreniyaz Qalimbetov, ssenariy muallifi Muratbay Nizanov.

Film oilaviy voqealar asosiga qurilgan: soddadil, quvnoq qahramonning qizi oliygohni bitirish arafasida bo‘ladi va diplom himoyasi uchun «tanka» — ya’ni diplomini olishda ustozlari bilan kelishadigan odam kerak bo‘ladi. Otasi bu muammoni hal etish uchun hayotdagi kulgili va ba’zida g‘alati sarguzashtlarga duch keladi. Qizi uchun «tanka» topish harakatlari filmning markaziy komik konfliktini tashkil etadi.

Mazkur filmni YouTube platformasida o‘zbek va qoraqalpoq tillarida yoki barcha ochiq manbalar orqali tomosha qilish mumkin.

«Osmondagi bolalar»

Osmondagi bolalar (o'zbek film) | Осмондаги болалар (узбекфильм)

Janri: dramediya (drama-komediya);

Film Zulfiqor Musoqov tomonidan 2002-yilda suratga olingan.

Film to‘rt do‘st hayoti, orzu umidlari va qiyinchiliklari haqida. Hamdam, Xurshid, Javohir va Baxtiyor har xil bo‘lishsa-da, bolalikdan birga o‘sgan do‘stlar. Baxtiyorning oilasida besh kishi, bobosi, otasi, onasi, ukasi, oiladagi eng yaqin insoni bobosi. Xurshidning otasi esa — mashhur rejissyor va ayni damda ssenariy va g‘oya yo‘qligi sababli film olmay qo‘ygan. Kinematograf ishqibozi Hamdam novvoy bo‘lib ishlaydi, oilada to‘rt nafar — onasi, singlisi va ichkilikka ruju qo‘ygan otasi bilan ikki xonali xonadonda yashaydi. Javohirning otasi esa — tramvay haydovchisi. Kunlarning birida ularning sinfiga yangi bir o‘quvchi qiz qo‘shiladi — Lola, bosh qahramonlarning hammasi uni sevib qoladi. Bu ularning orasiga nifoq soladi: Hamdam va Javohir hatto bir-birlari bilan olishadi, biroq Lola ota-onasi bilan Londonga jo‘nab ketadi.

Mazkur filmni YouTube platformasida yoki barcha ochiq manbalar orqali tomosha qilish mumkin.

«Panoh»

Panoh (o'zbek film) | Панох (узбекфильм)

Janri: jangari, drama;

Film 2007-yilda suratga olingan. Unda kulgili hazillar, jang sahnalari va turli xarakterdagi personajlarning munosabatlari mavjudligi bilan tomoshabinlarni zeriktirmaydi. Farruh Soipov, Gulchehra Eshonqulova, Ulug‘bek Qodirov va Muborak Ashurova asosiy rollarni ijro etgan.   

Film syujeti ikki qizini himoya qilishni istagan boy tadbirkor atrofida shakllanadi. U o‘z farzandlarini xavfsizligini ta’minlash uchun ikki nafar tan soqchini ishga oladi. Ularning biri – harbiy xizmatdan chiqqan sobiq desantchi Elyor, ikkinchisi esa ozodlikka chiqqan mahkum Sanjar. Bu ikki mutlaqo qarama-qarshi xarakterga ega yigitlar film davomida turli sarguzashtlarga aralashadi. Qizlar dastlab bu yigitlardan norozi bo‘lishsa-da, vaqt o‘tgan sayin ular bilan yaqinlashib boradi va ular orasida sevgi tuyg‘ulari uyg‘ona boshlaydi.

Mazkur filmni YouTube platformasida yoki barcha ochiq manbalar orqali tomosha qilish mumkin.

«Shabnam»

Shabnam (o'zbek film) | Шабнам (узбекфильм)

Janri: romantik melodrama;

Film 2008-yilda rejissyor Mirmaqsud Oxunov tomonidan suratga olingan. Film hayotiy voqealarga, sevgi, sadoqat va oilaviy sirlar bilan bog‘liq murakkab munosabatlarga asoslangan. Bosh rollarda Ulug‘bek Qodirov, Gulchehra Eshonqulova, Oydin Yusupova va Aziz Rametov ishtirok etgan.

Filmning syujeti Bobur ismli yigit hayoti orqali rivojlanadi. U oddiy, osoyishta hayot kechirayotgan yigit bo‘lib, bir kuni Shabnam ismli qiz bilan tanishadi. Ularning uchrashuvi Boburning butun hayotini o‘zgartirib yuboradi. Shabnamning hayotiga kirib kelishi bilan Bobur o‘z ichki kechinmalari, his-tuyg‘ulari va sevgisi uchun kurasha boshlaydi. Biroq bu oddiy sevgi hikoyasi emas – film davomida ota-onalar o‘tmishidan sirlar ochila boshlaydi. Shu sirlar Bobur va Shabnam munosabatlariga to‘sqinlik qiladigan murakkabliklarni yuzaga chiqaradi.

Filmda sevgi, kechirim, or-nomus, oilaviy qadriyatlar va avlodlar o‘rtasidagi munosabatlar tasvirlanadi. Shuningdek, o‘zbek jamiyatidagi muayyan ijtimoiy tushunchalar ham yoritiladi. Film emotsional sahnalari va musiqasi bilan tomoshabinning yuragiga ta’sir o‘tkazadi.

Mazkur filmni YouTube platformasida yoki barcha ochiq manbalar orqali tomosha qilish mumkin.

«Janob hech kim»

Janob hech kim (o'zbek film) | Жаноб хеч ким (узбекфильм)

Janri: dramediya (drama-komediya);

«Janob hech kim» – 2009-yilda rejissyorlar Yoʻldosh Abdukarimov va Durdona Toʻlaganova tomonidan suratga olingan.

Film syujeti yoshligidan yetim qolib, togʻasining oilasida ulg‘aygan Alisher ismli yigit atrofida kechadi. U bora-bora qarindosh emas, shunchaki oilaning xizmatkoriga aylanadi. Bu paytda esa farzandlarining tarbiyasini unutib qoʻygan togʻasining oilasi parokandalikka yuz tutayotgan boʻladi.

Alisher har doim quvnoq, xushchaqchaq yigit rolini oʻynaydi, lekin togʻasining oilasidagi sirlarni hammadan yashiradi. Komilboyning o‘g‘li Jahongir o‘zining giyohvandligi sabab ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yadi. Alisher uni toʻgʻri yoʻlga solishga harakat qiladi. Kunlarning birida Alisherning xonasidan Jahongirning giyohvandlik vositalarini topib olishadi va Alisherni bunda aylashadi. Voqea shunday rivojlanib boradi.

Mazkur filmni YouTube platformasida yoki barcha ochiq manbalar orqali tomosha qilish mumkin.

«Sotqin»

Sotqin (o'zbek film) | Соткин (узбекфильм)

Janri: drama;

Film 2015-yilda rejissyor Rustam Sa’diev tomonidan suratga olingan, ssenariysi Rixsivoy Muhammadjonovga tegishli.

Asarda diniy ekstremistik guruhlarga qo‘shilgan zamonaviy yoshlarning oilalarga qanday falokat olib kelishi yoritilgan.

Syujet markazida bir oila turadi: ota doimo norozi, o‘zini yuqori tutadigan to‘ng‘ich o‘g‘il va Toshkentda jurnalist bo‘lishni orzu qilgan ukasi — Sarvar. Toshkentda o‘qigan bu ukasi oilasini to‘g‘ri yo‘lga boshlashga harakat qiladi, lekin keyinchalik u ham ekstremistik ongga berilib, o‘z maqsadini amalga oshirish niyatida bo‘lgan biznesmen ta’siriga tushib qoladi.

Filmda Javohir Zokirov, Farruh Soipov, Matyoqub Matchonov, Ulug‘bek Qodirov va Yulduz Rajabovalar bosh rolni ijro etgan.

Mazkur filmni YouTube platformasida yoki barcha ochiq manbalar orqali tomosha qilish mumkin.

«Novda»

Novda (o'zbek film) | Новда (узбекфильм) 2013 #UydaQoling

Janri: melodrama;

Film 2015-yilda rejissyor Zulfiqor Musoqov tomonidan suratga olingan. Bosh rollarni Gʻofurjon Isaxonov, Rahshona Shodiyeva, Navroʻz Jumayev va Shahzoda Matchonova ijro etgan.

Filmda qishloqda istiqomat qiladigan ahil bir oila va har bir a’zoning alohida taqdiri hikoya qilinadi. Asosiy qahramon Rashid ilk muhabbatini uchratishi, doʻstlari bilan orzular qilishi fonida oʻrta va katta yosh muammolariga ham alohida ahamiyat berilgan. Filmda insoniy qadriyatlar tarannum etilgan.

Shuningdek, u turli avlod vakillarining o‘zaro munosabatlarini kulgili ohangda ko‘rsatadi. Syujet markazida qahramonlar orasida ilk muhabbat, hurmat va Vatanga bag‘ishlangan mehr-muhabbat — ya’ni ota-onaga, milliy qadriyatlarga bo‘lgan sadoqat asosiy ahamiyat kasb etadi.

Mazkur filmni YouTube platformasida yoki barcha ochiq manbalar orqali tomosha qilish mumkin.

«101-reys»

101-reys (o'zbek film) | 101-рейс (узбекфильм)

Janri: hujjatli, drama;

Filmni suratga olish ishlari 2020-yilda tugagan. 2022-yilda ekranlarda namoyish etila boshlagan. Rejissyori Akrom Shahnazarov, asosiy rollarni Hoshim Arslonov, Umid Iskandarov, Oleg Galaxov va Lola Eltoyeva ijro etgan.

Film haqiqiy voqeaga asoslangan. 2001-yil 11-sentyabr kuni erta tongda «Oʻzbekiston havo yoʻllari» milliy aviakompaniyasiga tegishli Boeing 757 samolyoti Toshkentdan havoga koʻtarildi. Manzil Nyu-York shahri boʻlgan edi. Tajribali uchuvchi Zarif Saidazimov nafaqaga chiqishdan oldingi oxirgi parvoz uning faoliyatidagi eng qiyin parvoz boʻlishini hozircha bilmaydi.

O‘sha kuni yuzaga kelgan ziddiyatli vaziyat fonida kapitan Saidazimov boshchiligida samolyot va yo‘lovchilar hayotiga xavfsiz yo‘l topishga intiladi. Badiiy tarzda ishlangan film real voqea asosida suratga olingan va inson jasorati, halollik hamda professionalizmni madh etadi.

Mazkur filmni YouTube platformasida yoki barcha ochiq manbalar orqali tomosha qilish mumkin.

«Faridaning ikki ming qoʻshigʻi»

Faridaning ikki ming qo'shig'i (o'zbek film) | Фариданинг икки минг кушиги (узбекфильм)

Janri: drama, tarixiy;

«Faridaning ikki ming qoʻshigʻi» 2020-yilda rejissyor Yolqin Toʻychiyev tomonidan suratga olingan. Bosh rollarni Sanobar Haqnazarova, Bahrom Matchanov, Ilmira Rahimjanova va Yulduz Rajabova ijro etgan.

Film qishloqda yashovchi yer egasi haqida boʻlib, u allaqachon uch xotinga uylangan va toʻrtinchi xotini uning hayotiga kirib kelgach muammolar vujudga kela boshlaydi. Uning boshqa xotinlari merosxoʻr dunyoga keltirmaganligi sababli boshqa yoshroq qizga uylandi, shu bilan birga, u barcha xotinlariga yomon munosabatda boʻladi. Bolsheviklarning hukumat tepasiga kelishi ayollarning jamiyatdagi rolini oʻzgarishini anglatar edi.

Mazkur filmni YouTube platformasida yoki barcha ochiq manbalar orqali tomosha qilish mumkin.

«Ilhaq»

Ilhaq (o'zbek film) | Илхак (узбекфильм)

Janri: harbiy drama;

Film 2020-yilda O‘zbekistonda suratga olingan bo‘lib, uning asosiga Zulfiya Zokirovaning Ikkinchi jahon urushidagi shaxsiy tragediyasi hikoya qilinadi. Filmning syujeti asosida, Zulfiya aya besh o‘g‘ilini frontga yuboradi, ularning barchasi halok bo‘ladi. U «qora maktublar» olib turar, ammo umrining oxirigacha farzandlarining qaytishiga nihoyatda umid bilan yashaydi.
Film so‘nggi kadrlarida urushda halok bo‘lgan qahramonlar qabri va yodgorliklar tasvirlanadi, bu esa tomoshabinda kuchli emotsional taassurot qoldiradi.

Film nafaqat tarixiy voqealarni tasvirlash, balki ona mehrini madh etish va urush oqibatlarini chuqur yoritish orqali o‘zbek kinosida alohida o‘ringa ega.

Rejissyor va ssenariy muallifi Jahongir Ahmedov bo‘lib, film 2020-yil 9-may kuni O‘zbekistondagi bir qator telekanallarda birinchi marta efirga uzatilgan.

Mazkur filmni YouTube platformasida yoki barcha ochiq manbalar orqali tomosha qilish mumkin.

Bundan avval Kursiv Uzbekistan yozda ko‘rish kerak bo‘lgan top – 5 ta film haqida yozgandi.