O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

eʼlon qilindi
Hamkor sifatida Hong Kong Airlines’ni jalb etish masalasi ko‘rib chiqildi
O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yilishi mumkin / Foto: Los Angeles Times

12-avgust kuni Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Gonkongdagi JDB Group Limited kompaniyasi raisining o‘rinbosari Chan Man Xin bilan uchrashib, bir necha muhim masalalarni muhokama qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Transport vazirligi

Tomonlar Gonkong – O‘zbekiston o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lovchi va yuk tashish reyslarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ustuvor hamkor sifatida Hong Kong Airlines’ni jalb etish masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Foto: Transport vazirligi

Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekistonda xalqaro standartlarga mos aviatsiya akademiyasi tashkil etish tashabbusi ham muhokama qilindi. Akademiyada uchuvchilar, texnik xodimlar, styuardessalar va aviatsiya menejerlari tayyorlanishi rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqanddan Xabarovskga toʻgʻridan toʻgʻri reyslar yoʻlga qoʻyilgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek