Yangiliklar

O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olingan ilovalar reytingi e’lon qilindi

Iyul oyi bo‘yicha
O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olingan ilovalar reytingi e’lon qilindi / Foto: NewGen Apps

Iyul oyida O‘zbekiston mobil ilovalar reytingida mahalliy xizmatlar yetakchilikni saqladi, xalqaro messenjer va ijtimoiy tarmoqlar esa yuqori uchlikda qoldi.

Google Play do‘konida ChatGPT birinchi o‘rinni saqlab qoldi. Ikkinchi pog‘onada Uzum Market bir pog‘ona yuqorilab, Instagramni uchinchi o‘ringa tushirdi. WhatsApp Messenger o‘z pozitsiyasini saqlab qoldi, Yandex Go esa uch pog‘ona yuqorilab beshinchi o‘ringa chiqdi. CapCut video muharriri olti pog‘ona ko‘tarilib sakkizinchi o‘rinni egalladi, MyGov to‘rt pog‘ona yuqorilab to‘qqizinchi o‘ringa kirdi. Instagram Lite esa besh pog‘ona pastladi.

App Store’da eng katta o‘zgarish Blink ilovasida bo‘ldi — u birdan 21 pog‘ona yuqorilab birinchi o‘rinni egalladi. ChatGPT ikkinchi o‘rinda qolmoqda. Uzum Bank ikki pog‘ona pastlab uchinchi bo‘ldi. Threads va Soliq ilovalari ham reytingda o‘zgarishlarga uchradi. Yandex Go ikki pog‘ona pastladi, CapCut va MyGov esa barqaror yuqori o‘rinlarni egalladi. Uzum Market to‘qqizinchi, bepul VPN esa to‘rt pog‘ona yuqorilab o‘ninchi o‘rinda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Play Market’da 60 mln marta yuklangan 331 ta virusli dastur topilgan edi.