O‘zbekistonda ilk bor unikal yurak jarrohligi amalga oshirildi

eʼlon qilindi
Mazkur texnologik jihatdan murakkab jarrohlik amaliyoti mamlakatda ilk marotaba bajarildi
jarrohlik
O‘zbekistonda ilk bor unikal yurak jarrohligi amalga oshirildi. Foto: Apollo Hospitals

O‘zbekiston tibbiyotida ilk bor noyob yurak jarrohligi amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Toshkent davlat tibbiyot universitetining bolalar ko‘p tarmoqli klinikasida yangi turdagi operatsiya o‘tkazildi. Bolalar kardiojarrohi Bobur Turaev olti yoshli bemorning shikastlangan uch tabaqali klapanini olib tashlab, uning o‘rniga yurakning o‘ng bo‘lmachasi quloqchasidan klapan yasab o‘rnatdi. Mazkur texnologik jihatdan murakkab jarrohlik amaliyoti mamlakatda ilk marotaba bajarildi.

Bobur Turaev Buyuk Britaniyaning University College London universiteti magistratura bosqichida tahsil olgan, 10 ga yaqin rivojlangan davlat klinikalarida malaka oshirgan.

Shu bilan birga, joriy yilning o‘tgan sakkiz oyida klinikaning bo‘lim mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi Nodir Ibragimov boshchiligida qariyb 500 ta kardiojarrohlik amaliyoti bajarilgan.

Bundan avval O‘zbekiston shifoxonasida ilk jarrohlik roboti paydo bo‘lgani haqida yozgandik.

Ushbu qurilma bemorlar uchun xavfni kamaytirgan holda murakkab jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish imkonini beradi. Bunday operatsiyalar vaqtida qon yo‘qotilishi kamayadi, hayot uchun muhim a’zolarga zarar yetmaydi va tiklanish jarayoni tezroq kechadi.

Shuningdek