O‘zbekistonning AQShda ikkita savdo uyi ochiladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Tikuvchilik fabrikalarini ochish Qoraqalpog‘iston Respublikasidan boshlanadi
AQSh xalqaro talabalar kamayishi sababli 7 mlrd dollar yo‘qotishi mumkin
Prezident tikuvchilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Foto: US Dream

AQShning Sent-Luis va Nyu-York shaharlarida O‘zbekistonning ikki savdo uyini ochish rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda olis tumanlarda korxona filiallarini ochmoqchi bo‘lganlarga Savdoni rivojlantirish kompaniyasi orqali 5 yil muddatga 10 mlrd so‘mgacha Markaziy bank asosiy stavkasida kredit ajratilishi topshirildi.

Shuningdek, ularda ishlaydigan xorijlik dizayner, texnolog, konstruktor va marketologlarning ish haqi qoplab beriladi. Faqat korxona kamida 200 ta ish o‘rni yaratishi va munosib ish haqi to‘lashi lozim.

Yevropa va AQSh bozoriga tayyor kiyim-kechak eksportini kengaytirish, sohada standartlashtirish va raqamlashtirishni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Texnik tartibga solish agentligiga xalqaro sertifikatga ega korxonalar sonini 300 taga yetkazish yuklandi.

Tashqi ishlar vazirligiga esa aylanmasi $1mlrddan oshadigan yirik brendlar bilan hamkorlik bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqish va sentabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan yirik ko‘rgazmaga ularni taklif etish topshirildi.

Prezident AQShning yiliga qariyb $100 milliardlik tekstil bozori mavjudligi, qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralarini ishga solish orqali bu mamlakatga eksport hajmini besh-olti baravarga oshirish mumkinligini aytib o‘tdi.

Shuningdek, Sent-Luis va Nyu-York shaharlarida ikki savdo uyini ochish, korxonalarga sun’iy intellektni ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etish orqali daromadni 20 – 30 foizga oshirish, faoliyatni shaffoflashtirish va yashirin iqtisodiyotni kamaytirish vazifalari belgilandi.

Bu borada tikuvchilik korxonalariga ERP tizimini joriy etish dasturi ishlab chiqilib, ularni ushbu tizimga o‘rgatish xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2028-yil 1-yanvargacha aralash mato va gazlama bojxona bojidan ozod etilishi haqida yozgandi.

Shuningdek