Perplexity Chrome’ni 34,5 mlrd dollarga sotib olishga tayyor

eʼlon qilindi
Kompaniya rahbariyati Alphabet rahbariga xat yo‘lladi
Perplexity Chrome’ni 34,5 mlrd dollarga sotib olishga tayyorligini bildirdi. Foto: Growtika / Unsplash

Amerikaning Perplexity sun’iy intellekt startapi Chrome brauzerini $34,5 milliardga sotib olishga tayyor ekanini bildirdi. Bu haqda BBC kompaniya rahbariyatining Alphabet rahbariga yo‘llagan xatiga tayanib xabar berdi.

Dunyoning eng mashhur internet-brauzeri taqdiri Google va monopoliyaga qarshi organlar o‘rtasidagi ko‘p yillik nizolar tufayli savol ostida qolmoqda. Joriy yilning aprel oyida AQSh Adliya vazirligi texnologik gigantdan brauzerni sotishni va qidiruv tizimlari bozorida raqobatni tiklashni talab qilgandi.

AQSh Federal sudi bu ish bo‘yicha ilk qarorni sentabr oyida chiqarishi mumkin. Biroq ekspertlar Google apellyatsiya berishiga va brauzer ustidan nazoratni barcha qonuniy yo‘llar bilan saqlab qolishga harakat qilishiga ishonmoqda.

Bozor ishtirokchilarining fikricha, hozircha korporatsiya Chrome’ni sotish masalasini ko‘rib chiqmayapti. Bir kun kelib shunday bitim tuzishga majbur bo‘lsa, brauzer narxi Perplexity taklifidan bir necha barobar, hatto o‘nlab barobar yuqori bo‘lishi mumkin.

Nashrning yozishicha, bu taklif Perplexity’ning o‘z mahsulotlariga, jumladan, sun’iy intellekt funksiyalariga ega Comet brauzeriga e’tiborni jalb qilishga urinishdir. Startap ilgari ham shunga o‘xshash usulni qo‘llab, TokTok’ni sotib olish niyatini bildirgan.

Avvalroq Google O‘zbekistonda yarim yil ichida qancha soliq to‘lagani haqida yozgandik.

Shuningdek