Qozog‘iston prezidenti qora belbog‘ning to‘qqizinchi dan darajasiga ega bo‘ldi

eʼlon qilindi
Taekvondo sport turi bo‘yicha
Qozog‘iston prezidenti 9-dan qora belbog‘ sohibi bo‘ldi / Foto: Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Seulda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Jahon taekvondo federatsiyasi prezidenti Chungwon Choue bilan uchrashdi. Bu haqda Tengri News ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Chungwon Choue taekvondo rivojiga qo‘shgan hissasi uchun Toqayevga to‘qqizinchi dan darajali qora belbog‘ni, Toqayev esa unga «Do‘stlik» ordeni II darajasini topshirdi.

Ma’lumot uchun, Qosim-Jomart Toqayev – Qozog‘istonning amaldagi prezidenti, 1953-yil 17-mayda Olmaotada tug‘ilgan. U diplomat sifatida uzoq yillar BMTda, Xitoy va Rossiyada elchi lavozimlarida faoliyat yuritgan, 2019-yilda prezidentlik lavozimini egallagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toqayev 2029-yilda iste’foga chiqishi haqida yozgan edik.

Shuningdek