Renault va Geely yangi avtomobillarni birgalikda ishlab chiqmoqda

13-avgust 2025 11:48 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Geely
Renault va Geely yangi avtomobillarni birgalikda ishlab chiqmoqda / Foto: Geely

Renault’ning Xitoydagi R&D bo‘linmasi Geely GEA platformasida yangi elektromobil va gibrid modellari ustida ishlamoqda. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Ular Janubi-Sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasi bozorlariga mo‘ljallanadi. Kuzov Renault tomonidan yaratiladi, ammo shassi va asosiy konstruktsiya Geely Galaxy modellari asosida bo‘ladi. Bu xarajatlarni kamaytirib, ishlab chiqarishni tezlashtiradi.

GEA platformasi Galaxy Monjaro, A7, E5 hamda ishlab chiqilayotgan M9 va Starship 9 modellarda qo‘llanilgan. Geely yangi hududlarga chiqishni, Renault esa Janubi-Sharqiy Osiyo, Lotin Amerikasi va Shimoliy Afrikada pozitsiyasini mustahkamlashni rejalashtirmoqda.

Hamkorlik 2021-yilda boshlangan, 2025-yil boshida Geely Renault Brazil’ning kichik ulushini sotib oldi. Bu orqali u Galaxy E5 eksport versiyasini ishlab chiqarib, sotishi mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Cobalt narxidagi Geely Galaxy A7 avtomobilining savdosi boshlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek