
Samsung’ning eng arzon yangi modellaridan biri Samsung Galaxy A07 haqida batafsil ma’lumot va rasmiy ko‘rinishga yaqin renderlari e’lon qilindi.
Smartfon Helio G99 platformasida ishlaydi. Unda 6,7 dyuymli, 1600×720 piksel o‘lchamdagi va 90 Hz yangilanish tezligiga ega PLS displey bo‘ladi. Asosiy kamera 50 MP va 2 MP sensordan iborat, old kamera esa 8 MP.

Batareya sig‘imi 5000 mA·soat bo‘lib, 15 Vt quvvatda zaryadlanadi. Qurilma Android 15 va One UI 7 bilan chiqariladi, 6 yil davomida yangilanish oladi.
Yana boshqa xususiyatlari ham mavjud bo‘lib, microSD sloti, Bluetooth 5.3, Wi-Fi 5, USB-C porti, 3,5 mm naushnik uchi va IP54 namlik va changdan himoya darajasiga ega.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Yangi A07 smartfoni haqida ilk ma’lumotlar paydo bo‘lgani haqida yozgan edi.
Smartfon Android 15 operatsion tizimi bilan ishlaydi. Ekranining aniqligi 1600 × 720 piksel. Qurilma 6 GB tezkor xotira va MediaTek Helio G99 protsessori bilan jihozlanadi.
Galaxy A07 dizayni oddiy bo‘lib, old kamera tomchisimon shaklda joylashgan. Orqa panelda esa ikkita sensorli asosiy kamera bo‘ladi.
Taxminlarga ko‘ra, Galaxy A07 Galaxy M07 modelining boshqa nomdagi versiyasi bo‘lishi mumkin. Ularning model raqamlari faqat bitta harf bilan farq qiladi – SM-A075 va SM-M075.