Gadjetlar

Samsung Galaxy S25 Ultra kamerasida muammo yuzaga keldi

Samsung hali rasmiy izoh bermadi
Samsung Galaxy S25 Ultra
Samsung Galaxy S25 Ultra kamerasida muammo yuzaga keldi / Foto: TelSat.az

Samsung Galaxy S25 Ultra smartfonining kamerasida muammo yuzaga keldi. Bu haqda Samsung Community xabar bermoqda.

One UI 8 beta versiyasini sinovdan o‘tkazayotgan Galaxy S25 Ultra foydalanuvchilari noodatiy xatoga duch keldi. Oy suratlari odatdagi oq yoki kulrang o‘rniga binafsha tusda saqlanmoqda.

Muammo 10x, 20x, 30x va hatto 100x zum darajalarida ham kuzatiladi. Kamera ilovasida yoki oldindan ko‘rishda rang normal ko‘rinsa-da, Galereya’da ochilganda binafsha tus paydo bo‘ladi. Scene Optimizer funksiyasini o‘chirib qo‘yish ham foyda bermaydi.

Foto: Samsung Community

Ba’zi foydalanuvchilar bunday xatoni sezmagan. Samsung hali rasmiy izoh bermadi, biroq forum moderatorlari xato haqida Samsung Members ilovasi orqali xabar berishni tavsiya qilmoqda. Tuzatish sentabrda chiqishi kutilayotgan beshinchi beta yoki final versiyaga kiritilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S26 Ultra eng tezkor xotiraga ega bo‘lishi haqida yozgan edi.