Yangiliklar

Sho‘rchi tumanidagi gaz quyish shoxobchasida yong‘in yuz berdi

Voqea joyiga 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan
Foto: Videodan ekran tasviri

13-avgust soat 12:58 da Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumanidagi «Oqqo‘rg‘on» MFY hududida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) xabar bermoqda.

FVV ma’lumotiga ko‘ra, avtosisternadan rezervuarga yonilg‘i quyish jarayonida texnologik qoidalar buzilib, chaqnash sodir bo‘lgan.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/08/img_4778.mp4
Video: QalampirLive telegram kanali

Voqea joyiga 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borib, yong‘inni bir daqiqada qurshab olgan va soat 13:16 da to‘liq o‘chirgan.

Hodisa sabablari va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda. Viloyat va tuman FVV rahbarlari joyida ishlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan uch qahramon savdo majmuasining 40 foiz qismi yonib ketgani aytilgani haqida yozgan edi.