
Davlat soliq qo‘mitasi my3.soliq.uz tizimida texnik nosozlik yuzaga kelgani haqida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, nosozlik oqibatida ayrim foydalanuvchilarda soliq qarzdorligi, mablag‘ yechib olinishi kabi noto‘g‘ri ma’lumotlar aks etishi mumkin.
Qo‘mitaning ta’kidlashicha, mutaxassislar muammoni bartaraf etish ustida ishlamoqda. Nosozlik tugatilgach barcha ma’lumotlar tiklanadi va noto‘g‘ri yechilgan mablag‘lar qaytariladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq sud xizmatlari uchun MySud mobil ilovasi ishga tushirilgan edi.