Yangiliklar

Toshkent – Moskva reyslari jadvalida o‘zgarish bo‘ldi

13-14-avgust kungi reyslarda
Uzbekistan Airwaysʼning reysi kechikadi
Toshkent – Moskva reyslari jadvalida o‘zgarish bo‘ldi. Foto: Uzbekistan airports

13-avgust kuni havo kemasining kechikib yetib kelishi sababli Toshkent — Moskva (Domodedovo) – Toshkent yo‘nalishidagi HY603/604 va HY601/602 reyslarining uchish vaqti surildi. Bu haqda aviakompaniya xabar berdi.

Parvozlar quyidagi yangilangan jadval asosida amalga oshiriladi:

  • HY603: Toshkentdan 11:00 da uchadi, Moskvaga 13:10 da yetib keladi.
  • HY604: Moskvadan 14:20 da uchadi, Toshkentga 20:05 da yetib keladi.
  • HY601: Toshkentdan 21:20 da uchadi, Moskvaga 23:30 da yetib keladi.
  • HY602: Moskvadan 14-avgust kuni 00:50 da uchadi, Toshkentga 06:35 da yetib keladi.

Barcha vaqtlar mahalliy vaqt bo‘yicha ko‘rsatilgan.

Bundan avval Andijon aeroporti xalqaro reyslarni qayta tiklagani haqida yozgandik.

Unga ko‘ra, «Flyone Asia» aviakompaniyasining Andijon – Jidda yo‘nalishidagi haftasiga ikki marta (seshanba va payshanba) 151 yo‘lovchi bilan muntazam parvozni amalga oshirdi.