Toshkentda tezlik oshirilishi yuzasidan ekspert fikr bildirdi

Toshkentning ayrim ko‘chalarda tezlikni 80 km/soatgacha oshirish rejasi bildirilmoqda. Urbanist Iskandar Soliev buni hozirgi sharoitga xavfli deb atamoqda.
Uning fikricha, bu qaror faqat quyidagi bosqichlar amalga oshirilgach mantiqli bo‘lishi mumkin. Dublyor yo‘llar tashkil etish, ko‘chalar iyerarxiyasini aniq belgilash, yirik chorrahalarda yo‘lni yerostiga olish yoki xavfsiz ajratish, qolgan ko‘chalarda esa tezlikni 30 – 35 km/soat darajasida belgilash lozim.

«Hozirgi sharoitda 80 km/soat tezlik shunchaki oqimni tezlatadi, lekin xavfni oshiradi. Toshkent yo‘llari allaqachon xavfli, odamlar yiliga juda ko‘p halok bo‘lishmoqda. Shuning uchun bu qaror – mantiqsiz va xavfli», deya qayd etgan Soliev.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Toshkentda tezlik chegarasi 90 km/soatgacha oshirilishi mumkinligi haqida yozgan edi.