Tramp va Putin Alyaskadagi harbiy bazada uchrashadi

AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya rahbari Vladimir Putin 15-avgust kuni Alyaskaning Ankorij shahrida joylashgan harbiy bazada uchrashadi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Oq uy vakillari yuqori darajadagi sammitga tayyorgarlik ko‘rish uchun Alyaskaga uchib ketgan.
«Tashkilotchilar Ankorij shahrining shimoliy chekkasidagi Elmendorf-Richardson harbiy bazasini xavfsizlik talablariga javob beradigan yagona joy deb hisoblashdi. Xuddi shu yerda juma kuni ikki prezident uchrashadi. Oq uyning ikki vakili shunday dedi», deb xabar bermoqda CNN.
Bu paytda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat sharqidagi hududlarni tark etmaslikka va’da berdi. Uning fikricha, agar Donbassdan voz kechishsa, Ukrainada «uchinchi urush boshlanadi».
«Rossiyaliklar uchun Donbass – kelajakdagi hujumlarning tayanch punkti. Agar biz Donbassni o‘z ixtiyorimiz bilan yoki bosim ostida tark etsak, bu biz uchun uchinchi urushning boshlanishi bo‘ladi», deydi Zelenskiy jurnalistlar bilan uchrashuvda.
2014-yilda Rossiya Ukrainaning Qrim yarimoroliga noqonuniy ravishda anneksiya qildi. 2022-yil fevralida esa Ukraina hududiga keng ko‘lamli harbiy bosqin boshladi.
Moskva Ukrainadan sharqdagi hududlarni Rossiya hududi sifatida tan olishni talab qilmoqda.
Bundan avval Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida tarixiy tinchlik kelishuvi imzolangani haqida yozgandik.