Yangiliklar

Xorijiy va nodavlat OTMdan o‘qishni ko‘chirish testlari sanasi belgilandi

Sinovlar ikki smenada tashkil etiladi
Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish testlari sanasi belgilandi / Foto: Oliygoh

Xorijiy va O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 18 – 19-avgust kunlari o‘tkaziladi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi ma’lum qildi.

Sinovlar ikki smenada — 08:00 – 11:00 va 15:00 – 18:00 oralig‘ida bo‘lib o‘tadi. Testlar 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha tuziladi. Jami 90 ta savolga 3 soat vaqt beriladi.

Ishtirokchilar ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan yuklab olishi, belgilangan vaqtda pasport va ruxsatnoma bilan kelishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq kasbiy ta’lim tashkilotlariga hujjatlar qabuli boshlangan edi.