Yoaxim Lyov Oʻzbekiston terma jamoasini boshqarish taklifini rad etgani aytilmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
65 yoshli mutaxassis taklif ustida jiddiy oʻylagan bo‘lsa-da, yakunda uni rad etgan
Foto: Global Look Press

Germaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining milliy jamoani boshqarish boʻyicha taklifini rad etdi. Bu haqda Germaniyaning mashhur Bild nashri xabar berdi.

Manbalarga koʻra, OʻFA vakillari Lyov bilan Germaniyadagi Oʻzbekiston elchixonasi orqali uchrashuv oʻtkazgan. Muzokaralar bir necha kun davomida olib borilgan. 65 yoshli mutaxassis taklif ustida jiddiy oʻylagan boʻlsa-da, yakunda uni rad etgan.

Avstriyaning oe24 nashri ham ushbu xabarni tasdiqlab, muzokaralarda Oʻzbekiston elchixonasi vakillari qatnashganini qayd etdi.

Ma’lumot uchun, Yoaxim Lyov 2006 – 2021-yillarda Germaniya terma jamoasini boshqargan. Uning qoʻl ostida «nemis mashinasi» 2014-yilda Braziliyada oʻtgan Jahon chempionatida gʻolib chiqqan. U 2021-yildan beri hech bir jamoada ishlamagan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston terma jamoasi oʻz tarixida ilk bor futbol boʻyicha Jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yoaxim Lyov Oʻzbekiston terma jamoasida maslahatchi boʻlishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek