Gadjetlar

Oktabrdan ba’zi aviakompaniyalar samolyotga powerbank olib kirish qoidalarini qat’iylashtiradi

Powerbankni samolyotning yuqori tokchasida saqlash taqiqlanadi
Foto: WIR

2025-yil 1-oktabrdan boshlab Emirates, Pegasus va Turkish Airlines parvozlarida powerbank olib yurish bo‘yicha yangi qoidalar kuchga kiradi. Bu haqda Palach nashri ma’lum qildi.

Endilikda yo‘lovchilar batareyani faqat qo‘l yukida olib yurishi, quvvati 100 Vt/soatgacha bo‘lishi va ustida aniq quvvat belgisi bo‘lishi kerak.

Yangi talablarga ko‘ra, powerbank’ni samolyotning yuqori tokchasida saqlash taqiqlanadi. Uni faqat o‘rindiq cho‘ntagida yoki oyoq ostidagi qo‘l yukida joylashtirish mumkin. Shuningdek, parvoz davomida qurilmadan foydalanish ruxsat etilmaydi.

Aksariyat aviakompaniyalar oldindan ham umumiy qoidalarni qo‘llab keladi. Katta sig‘imli yoki shikastlangan batareyalar olib kirilmaydi. Ammo yangi qoidalar asosan xavfsizlikni oshirish maqsadida joriy etilmoqda.

Mutaxassislar aytishicha, havo kemasida nosoz yoki yonib ketgan powerbank favqulodda holatga sabab bo‘lishi, hatto parvozni bekor qilishga olib kelishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Turkish Airlines «aqlli chamadonlar»ni bortga olib chiqishni taqiqlagani haqida xabar bergan edi.