15-avgustdan Toshkentda «Maktab bozorlari» ish boshlaydi — manzillar

eʼlon qilindi
1-oktabrgacha
Foto: Yandex

Shu yilning 15-avgustidan 1-oktabriga qadar Toshkent shahrida «Maktab bozorlari» ish boshlaydi. Bu haqda shahar hokimligi qarori qabul qilindi.

Ushbu vaqt oralig’ida poytaxtning barcha tumanlaridagi belgilangan 24 ta maktablar qoshida ushbu bozorlar ish olib boradi.

Shuningdek, 14 ta yirik bozor va savdo komplekslarining 287 ta nuqtasida ham maktab uchun kerakli o‘quv-qurollari va kiyim-kechaklarni topish mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yangi o‘quv yilida 700 mingdan ortiq bolalar birinchi sinfga o‘qishga qabul qilinishi haqida yozgandi.

Shuningdek