2026 Deepal L07 modeli taqdim etildi

14-avgust 2025 14:17 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
2026 Deepal L07
2026 Deepal L07 modeli taqdim etildi / Foto: CarNewsChina

Changan kompaniyasi 2026 Deepal L07 modelini Xitoy bozoriga taqdim etdi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

U Huawei’ning Qiankun ADS 4.0 SE tizimi o‘rnatilgan eng arzon avtomobilga aylandi. Model BEV (Battery Electric Vehicle — faqat akkumulyator batareyadan quvvat oladigan toza elektromobil. Unda ichki yonuv dvigateli bo‘lmaydi. Zaryad faqat elektr tarmog‘idan yoki tezkor zaryadlash stansiyalaridan olinadi.) va EREV (Extended-Range Electric Vehicle kengaytirilgan yurish masofasiga ega gibrid elektromobil. Asosiy harakat elektr motor bilan bo‘ladi, ammo ichki yonuv dvigateli generator sifatida ishlaydi. U g‘ildiraklarni emas, balki batareyani zaryadlaydi va masofani oshiradi.) talqinlarida taklif etiladi, kuchliroq elektromotor va yangilangan Qualcomm Snapdragon 8295P chipiga ega.

Foto: CarNewsChina
Foto: CarNewsChina

Narxlar komlektatsiyaga qarab farq qiladi:

ModelNarxi (yuan)Narxi (USD)
550 Max BEV145 900$20 300
550 Ultra BEV155 900$21 700
660 Max BEV155 900$21 700
660 Ultra BEV165 900$23 100
240 Max EREV145 900$20 300
240 Ultra EREV155 900$21 700

Tashqi ko‘rinish 2025-yilgi modelga o‘xshash — 0,215 Cd aerodinamik koeffitsient, o‘tkir old faralar, romsiz eshiklar, yashirin tutqichlar, avtomatik orqa spoiler va uzunligi 1,2 metr bo‘lgan LED «Super Red» orqa chiroq o‘rnatilgan.

O‘rta o‘lchamli sedan o‘lchamlari: 4875×1890×1480 mm. G‘ildirak bazasi 2900 mmni tashkil etadi. Bagaj hajmi 473 litr, maksimal holatda 1180 litrni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Changan Uni-Z 2025 taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek