Abituriyentlar uchun apellyatsiya jarayoni 15-avgustdan boshlanadi

eʼlon qilindi
2025-yil 24-avgustga qadar davom etadi
Abituriyentlar uchun apellatsiya jarayoni boshlandi / Foto: Facebook

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat yo‘nalishlariga kirish test natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 2025-yil 15 – 24-avgust kunlari my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn apellatsiya arizasi topshirishi mumkin. Bu haqda Bilimni baholash agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, shikoyat berish huquqi faqat test sinovida qatnashgan va undan chetlatilmagan abituriyentlarga tegishli. Ariza topshirilgach, unga ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Belgilangan vaqtda abituriyent shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga yoki ko‘rsatilgan manzilga kelishi lozim. Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 21-avgustdan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xorijiy va nodavlat OTMdan o‘qishni ko‘chirish testlari sanasi belgilangan edi.

Shuningdek