Yangiliklar

Andijonda noqonuniy «mayning ferma» fosh etildi

157,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan
Andijonda noqonuniy «mayning ferma» fosh etildi / Foto: Bosh prokuratura departamenti

Andijon viloyati «Shirmonbuloq» MFY hududida fuqaro yashirincha 5 ta mayning qurilmasini o‘rnatgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, fuqaro tijorat maqsadida umumiy elektr tarmoqqa ulab, jami 157,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan. Hodisa tezkor tadbir davomida fosh etildi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 278-9-moddasi (mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq firibgarlikda gumon qilinayotgan Veemine loyihasiga ruxsat berilmagani haqida yozgan edik.