AQSh Xitoyga chip yetkazib berishni yashirin nazorat ostiga oldi

eʼlon qilindi
Xitoy esa bunday xavotirda
AQSh Xitoyga chip yetkazib berishni yashirin nazorat ostiga oldi / Foto: IT Time

AQSh hukumati Xitoyga noqonuniy ravishda yuborilishi mumkin bo‘lgan mikrochip partiyalariga maxsus kuzatuv qurilmalarini o‘rnatishni boshladi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Bu choralar faqat tergov ostidagi jo‘natmalarga tatbiq etilib, eksport cheklovlari buzilishini aniqlash va dalillar to‘plashga qaratilgan.

Kuzatuv moslamalari odatda qutilarga yoki bevosita uskunalarga joylashtiriladi. Reuters’ga ko‘ra, ular Dell va Super Micro serverlarida Nvidia va AMD chiplarida ham aniqlangan. 2024-yilda bitta partiyada hatto smartfon kattaligiga teng va kichikroq kuzatuv qurilmalari topilgan.

AQSh 2022-yildan beri Xitoyga yuqori unumli chiplar eksportini cheklab keladi. Vashington buni Pekinning harbiy ishlanmalarini jilovlash bilan izohlaydi. Xitoy esa bunday texnologiyalar masofadan kirish imkonini berishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.

Mutaxassislar bu usullarni texnologik sohada yangi bosqichdagi qarama-qarshilik sifatida baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nvidia va AMD Xitoy chip savdosidan 15% daromadni AQShga berishi haqida yozgan edik.

Shuningdek