Bitkoin rekordini yangiladi
eʼlon qilindi
Hozirda $121,5 mingga tushgan

14-avgust kuni bitkoin narxi $124 mingdan oshib, kriptovalyuta bozorida yangi tarixiy cho‘qqini qayd etdi. Toshkent vaqti bilan soat 14:50 holatiga ko‘ra, bitkoin narxi $121,5 mingni tashkil qilmoqda.
Avvalroq bitkoin $122 minglik ko‘rsatkichga 14-iyul kuni yetgandi.
Shuningdek, ekspertlar bitkoin yoz oxirigacha $135 mingga yetishi mumkinligi haqida aytgandi.
Ta’kidlanishicha, narxning jadal oʻsishi AQShda Donald Tramp tomonidan imzolangan soliq imtiyozlari hamda biznesni qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutuvchi qonun bilan bogʻliq.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozog‘iston ilk bor spot bitkoinni savdoga chiqargani haqida yozgandi.