Haval Raptor V7 Plus avtomobili taqdim etildi

14-avgust 2025 10:30 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Haval Raptor V7 Plus
Haval Raptor V7 Plus taqdim etildi / Foto: MIIT

Xitoy Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligiga topshirilgan hujjatlarda yangi Haval modelining xususiyatlarini oshkor qildi. Ma’lum bo‘lishicha, model Haval Raptor V7 Plus deb nomlangan.

Avtomobil Hi4 gibrid tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, 1,5 litrli turbomotor (115 kVt) va 150 kVt quvvatga ega elektromotor umumiy hisobda 330 kVt quvvat ishlab chiqaradi.

Uch xil akkumulyator varianti taklif etiladi: 18,74 kVt·soat (80 km), 27,54 kVt·soat (112 km) va 35,43 kVt·soat (150 km), ya’ni vazirlik standartiga ko‘ra.

Dizayni 2026-yilgi Raptor PHEV modeliga o‘xshash: oltita qora aksentli radiator panjarasi, kvadrat faralar, an’anaviy eshik tutqichlari va vertikal orqa chiroqlar. O‘lchamlari: uzunligi 4792 mm (zapas g‘ildirak bilan 4912 mm), kengligi 1950 mm, balandligi 1886 mm (zapas g‘ildirak bilan 1905 mm), g‘ildirak bazasi — 2850 mm.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Haval Raptor PHEV 2026 qachondan savdoga chiqishi e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek