
Infinix yangi Infinix Hot 60 5G smartfonini taqdim etdi. Qurilma 16-avgustdan sotuvga chiqadi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.
U 6,75 dyuymli HD+ LCD displey (120 Hz yangilanish tezligi) va Android 15 (XOS 15) operatsion tizimida ishlaydi. Sun’iy intellekt imkoniyatlari orasida Circle to Search (Ekrandagi narsani barmoq bilan aylantirib belgilanganda tafsilotlarni chiqaradigan), AI Eraser (suratdagi keraksiz narsalarni olib tashlaydi), AI Extender (rasmni kengaytiradi yoki formatini o‘zgartiradi) va One Tap AI (maxsus tugma orqali barcha SI funksiyalariga tezkor kirish imkonini beradi) funksiyalari mavjud.

Asosiy kamera 50 MP bo‘lib, AIGC yordamida portret rejimi va «Tunda suratga olish» funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilmada 10 ta suratga olish rejimi mavjud. Chipset — Dimensity 6400, xotira hajmi — 4 GB RAM (+4 GB virtual) va 128 GB doimiy xotiraga ega.
Batareya sig‘imi 6000 mA·soat bo‘lib, teskari zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Ishlab chiqaruvchi ma’lumotiga ko‘ra, smartfon 128 soat davomida musiqa tinglash imkonini beradi — bu besh kundan ortiq foydalanish degani.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Infinix Hot 60 Pro taqdim etilgani haqida yozgan edi.