Shomurodov assist qayd etgan o‘yinda necha ballga loyiq ko‘rildi

Yevropa Konferensiyalar ligasi saralash bosqichida «Istanbul Bashakshehir» Norvegiyaning «Viking» klubi bilan javob o‘yinida durang o‘ynadi — 1:1.
Eldor Shomurodov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va Onur Bulutning 34-daqiqadagi goliga assist berdi. Mehmonlar 40-daqiqada David Selke orqali hisobni tenglashtirdi.
Sofascore portali o‘zbek hujumchisini 6,9 ball bilan baholadi.

Dastlabki uchrashuv Turkiyada o‘tib, «Bashakshehir» 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. Shu tariqa ikki o‘yin natijasi bo‘yicha umumiy hisob 4:2 bo‘lib, Istanbul klubi YKL saralashining keyingi bosqichiga yo‘l oldi.
Bugun Trnava va Univ. Craiova jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng Istanbul jamoasining navbatdagi raqibi aniq bo‘ladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Istanbul Bashakshehir» yirik hisobda g‘alaba qozongani haqida xabar bergan edi.