Mobiuz’ni AQSh va Arab davlatlari xususiylashtirmoqchi

eʼlon qilindi
AQSh, Yevropa, Arab davlatlari, Yaqin Sharq, Kavkazorti, Sharqiy va Markaziy Osiyodan
Mobiuz
Foto: Mobi.uz

Mobiuz brendi ostida faoliyat yurituvchi «Universal Mobile Systems» MChJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini sotish bo‘yicha xalqaro ochiq savdoda 15 ta xorijiy va mahalliy kompaniyalar ishtirok etishga qiziqish bildirgan. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, shu yilning 1-avgustigacha AQSh, Yevropa, Arab davlatlari, Yaqin Sharq, Kavkazorti, Sharqiy va Markaziy Osiyodan jami 15 ta xorijiy va mahalliy kompaniya aktivni sotib olish bo‘yicha rasmiy ariza bilan chiqishgan.

Savdo jarayoniga xalqaro investitsiya banki Rothschild & Co va konsalting kompaniyasi KPMG konsultant sifatida jalb etilgan bo‘lib, ular 100 dan ortiq potentsial investor bilan muzokaralar olib borgan. Arizalar moliyaviy imkoniyatlar, huquqiy to‘siqlar mavjud emasligi, sanksiyalar ro‘yxatlarida bo‘lmaslik kabi mezonlar asosida baholandi va barcha talabgorlar keyingi bosqichga — majburiy bo‘lmagan takliflar (NBO) taqdim etish bosqichiga o‘tkazildi.

NBO bosqichida talabgorlar maxfiylik kelishuvlarini imzolaydi. MobiUz faoliyati va moliyaviy modeli bo‘yicha axborot jamlanmasiga kirish imkoniga ega bo‘ladi va kompaniya faoliyatini chuqur o‘rganadi. Majburiy bo‘lmagan takliflar 2025-yil 15-oktabrgacha qabul qilinadi.

Davlat aktivlari agentligi jarayon davomida qo‘shimcha investorlarni jalb qilish huquqini saqlab qolgan. Agentlik birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan kompaniyalar bilan konstruktiv hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan GM litsenziyasi asosida ishlaydigan Uz Chasys’dagi davlat ulushi sotilishi haqida yozgandi.

Shuningdek