«O‘zmetkombinat» AJga yangi rahbar tayinlandi
eʼlon qilindi
Kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq

«O‘zmetkombinat» AJ boshqaruv raisi – bosh direktor vazifasini bajaruvchi lavozimiga yirik tadbirkor Bahodir To‘jimirzayevich Abdullayev tayinlandi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi ma’lum qildi.
Mazkur qaror kompaniya boshqaruvini kuchaytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan tashkiliy o‘zgarishlarning davomi sifatida baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, Bahodir To‘jimirzayevich Abdullayev – 1967-yil Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, oliy ma’lumotli tadbirkor. U B.A Holding kompaniyasining asoschisi va rahbari bo‘lib, biznes sohasida ko‘p yillik tajribaga ega. Abdullayev «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga rahbar tayinlangan edi.