Qozog‘iston ilk bor spot bitkoinni savdoga chiqardi

Qozog‘iston va Markaziy Osiyoda ilk spot bitkoin ETF — Fonte Bitcoin Exchange Traded Fund OEIC PLC (BETF) savdoga chiqarildi. Bu haqda Astana International Exchange (AIX) xabar berdi.
Fonte Capital Ltd tomonidan boshqariladigan BETF investorlar uchun bitkoin narxini to‘g‘ridan to‘g‘ri aktivga egalik qilmasdan kuzatish imkonini beradi. Fond Ostona xalqaro moliya markazi (AIFC) yurisdiksiyasida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, chakana investorlar uchun ham ochiq. U litsenziyaga ega kustodianda saqlanadigan jismoniy bitkoin bilan ta’minlangan va raqobatbardosh boshqaruv to‘loviga ega.
AIX vakillariga ko‘ra, ushbu listing Qozog‘istonni mintaqada tartibga solingan raqamli moliya markaziga aylantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, global investorlarni jalb etishga xizmat qiladi.
Fonte Capital rahbari Yerjan Mussin esa yangi fond bitkoinni portfellarga qo‘shishning qulay va xavfsiz yo‘lini taqdim etishini, bu jarayonda aktivni saqlash va meros qilib o‘tishdagi murakkabliklar yuzaga kelmasligini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, AIX 2017-yilda AIFC doirasida tashkil etilgan bo‘lib, NASDAQ savdo platformasida faoliyat yuritadi. AIFC esa bugungi kunda 80dan ortiq mamlakatdan 4 mingdan ziyod kompaniyani birlashtirgan va Qozog‘iston iqtisodiyotiga $15,9 mlrd investitsiya jalb qilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Osiyo Taraqqiyot banki o‘zbek so‘mida obligatsiya chiqargani haqida yozgandi.