
Samsung kompaniyasi mobil qurilmalarni uzoq muddat qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yetakchi ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lib qolmoqda. Kompaniya ayrim smartfon va planshet modellari uchun 7 yilgacha dasturiy ta’minot yangilanishlari kafolatini beradi.
Gizmochina’ning xabariga ko‘ra, bu ro‘yxatga nafaqat flagman modellari, balki himoyalangan qurilmalar ham kirgan. Jumladan, Snapdragon 7s Gen3 protsessorli Galaxy XCover 7 Pro modeli ham 7 yillik yangilanish oladi.
Umumiy ro‘yxatda 15 ta smartfon va 4 ta planshet bor.

7 yil yangilanish oladigan Samsung qurilmalari:
№ | Qurilma modeli | Toifa |
---|---|---|
1 | Galaxy S25 | Smartfon |
2 | Galaxy S25+ | Smartfon |
3 | Galaxy S25 Ultra | Smartfon |
4 | Galaxy S25 Edge | Smartfon |
5 | Galaxy S24 | Smartfon |
6 | Galaxy S24+ | Smartfon |
7 | Galaxy S24 Ultra | Smartfon |
8 | Galaxy S24 FE | Smartfon |
9 | Galaxy Z Fold7 | Smartfon |
10 | Galaxy Z Flip7 | Smartfon |
11 | Galaxy Z Flip7 FE | Smartfon |
12 | Galaxy Z Fold Special Edition | Smartfon |
13 | Galaxy Z Fold6 | Smartfon |
14 | Galaxy Z Flip6 | Smartfon |
15 | Galaxy XCover 7 Pro | Smartfon |
16 | Galaxy Tab S10 | Planshet |
17 | Galaxy Tab S10+ | Planshet |
18 | Galaxy Tab S10 FE | Planshet |
19 | Galaxy Tab S10 FE+ | Planshet |
Google va Samsungning farqi
Google ham xuddi shunday 7 yillik yangilanish dasturini taklif qiladi. Biroq Google ro‘yxatida asosan Pixel smartfonlari bo‘lsa, Samsung‘ning qo‘llab-quvvatlanadigan qurilmalari assortimenti ancha keng va turli segmentlarni qamrab oladi.
Natijada foydalanuvchilar flagman, buklanadigan qurilma yoki himoyalangan model tanlashidan qat’i nazar, uzoq muddat davomida yangilanish olishi mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S26 Ultra unumdorlik bo‘yicha sezilarli yangilanishlarga ega bo‘lishi haqida yozgan edi. Oldingi modellarda asosan protsessor yaxshilangan bo‘lsa, bu safar kompaniya tezkor xotirani ham kuchaytirishga qaror qilgan. Ushbu qaror qurilmaning ishlash tezligi va energiya tejamkorligiga bevosita ta’sir qiladi.