
AQShning Texas shtatida propan ortilgan poyezd relsdan chiqib ketdi. Bu haqda Fox4news nashrining xabar berishicha, buning oqibatida 35 ta sisterna zarar ko‘rgan.
Mahalliy favqulodda xizmatlar xabariga ko‘ra, ag‘darilgan poyezd vagonidagi propanni xavfsiz tarzda yoqib yuborish ishlari boshlanadi. Suyuq gaz maxsus nazorat ostidagi chuqur maydonga chiqarilib yondiriladi. Jarayon xavfli moddalar bo‘yicha mutaxassislar nazoratida olib boriladi.
Bunga vagonning jiddiy shikastlanishi sabab bo‘lgan. Ishlar chorshanba kuni kechqurun boshlanib, sakkiz soatgacha davom etishi kutilmoqda. Rasmiylar vaziyat barqarorligini, hech kim jarohatlanmaganini bildirgan.
Union Pacific kompaniyasiga tegishli poyezd seshanba kuni soat 14:00 atrofida Coalville Road Bridge ustida relsdan chiqqan. Taxminan 35 ta vagon ag‘darilgan, jumladan, yuk va sisterna vagonlari ham. Dastlab ba’zi sisternalardan sizib chiqish ehtimoli borligi aytilgan bo‘lsa-da, keyinchalik bunday holat aniqlanmagan va evakuatsiya talab qilinmagan.
Yong‘in brigadalari kechki soat 21:00 gacha temir yo‘l yaqinidagi o‘rmon hududida chiqqan o‘tni o‘chirish ishlarini olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri AQSh Xitoyga chip yetkazib berishni yashirin nazorat ostiga olgani haqida yozgan edi.