Texnik xatolik sabab 30,1 ming soliq to‘lovchidan pul yechib olindi — Soliq qo‘mitasi
eʼlon qilindi
Jami 399,3 mlrd so‘m asossiz yechilgan mablag‘ qaytarilmoqda

Soliq qo‘mitasidagi texnik nosozlik tufayli 30,1 ming soliq to‘lovchidan jami 399,3 mlrd so‘m mablag‘ asossiz yechib olingan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, yechib olingan summalar soliq to‘lovchilarning hisob raqamlariga avtomatik tarzda qaytariladi, yozma murojaat talab qilinmaydi.
Soliq to‘lovchilar soni | Yechib olingan mablag‘ miqdori |
---|---|
7 203 | 100 ming so‘mgacha |
10 165 | 100 ming – 1 mln so‘m |
8 270 | 1 mln – 10 mln so‘m |
3 780 | 10 mln – 100 mln so‘m |
672 | 100 mln – 1 mlrd so‘m |
10 | 1 mlrd so‘mdan ortiq |
13-avgust holatiga ko‘ra, 25 568 ta subyektga jami 362,8 mlrd so‘m tiklandi. Shuningdek, tijorat banklaridagi bajarilmagan inkasso topshiriqlari ham hisoblariga qaytarilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qo‘mitadi aholini tizimdagi nosozlik tufayli mablag‘lar xato yechib olinishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.