Yangiliklar

Texnik xatolik sabab 30,1 ming soliq to‘lovchidan pul yechib olindi – Soliq qo‘mitasi

Jami 399,3 mlrd so‘m asossiz yechilgan mablag‘ qaytarilmoqda
1-avgustdan ekologik huquqbuzarliklar uchun jarimalar miqdori oshadi
Texnik xatolik sababli yechib olingan mablag‘lar qaytarilmoqda – Soliq qo‘mitasi / Foto: Ijtimoiy tarmoq

Soliq qo‘mitasidagi texnik nosozlik tufayli 30,1 ming soliq to‘lovchidan jami 399,3 mlrd so‘m mablag‘ asossiz yechib olingan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yechib olingan summalar soliq to‘lovchilarning hisob raqamlariga avtomatik tarzda qaytariladi, yozma murojaat talab qilinmaydi.

Soliq to‘lovchilar soniYechib olingan mablag‘ miqdori
7 203100 ming so‘mgacha
10 165100 ming – 1 mln so‘m
8 2701 mln – 10 mln so‘m
3 78010 mln – 100 mln so‘m
672100 mln – 1 mlrd so‘m
101 mlrd so‘mdan ortiq

13-avgust holatiga ko‘ra, 25 568 ta subyektga jami 362,8 mlrd so‘m tiklandi. Shuningdek, tijorat banklaridagi bajarilmagan inkasso topshiriqlari ham hisoblariga qaytarilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qo‘mita aholini tizimdagi nosozlik tufayli mablag‘lar xato yechib olinishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.