Toshkent – Moskva reyslari vaqti yana o‘zgardi
eʼlon qilindi
Faqatgina 14-avgustdagi

Uzbekistan Airways 14-avgust kungi Toshkent – Moskva (Domodedovo va Vnukovo yo‘nalishlaridagi) reyslar vaqti o‘zgarganini ma’lum qildi. Bunga havo kemasining kechikib kelishi sabab bo‘lgan.
Unga ko‘ra, HY601/602 Toshkent – Moskva (Domodedovo) – Toshkent yo‘nalishida quyidagi yangilangan jadval asosida amalga oshiriladi:
- Toshkentdan uchish: 21:15;
- Moskvaga yetib borish: 23:20;
- Moskvadan uchish: 00:40;
- Toshkentga yetib kelish: 06:20.
HY613/614 Toshkent – Moskva (Vnukovo) – Toshkent yo‘nalishida:
- Toshkentdan uchish: 19:00;
- Moskvaga yetib borish: 21:20;
- Moskvadan uchish: 22:30;
- Toshkentga yetib kelish: 04:25.
Barcha vaqtlar mahalliy vaqt bo‘yicha ko‘rsatilgan.
13-avgust kuni ham aviakompaniya havo kemasining kechikib yetib kelishi sababli aynan shu yo‘nalishidagi reyslarining uchish vaqtini surgandi.
Bundan avval 14-avgustdagi Toshkent – Riga reyslari vaqti o‘zgargani haqida yozgandik. Bunga ham havo kemasining kechikib yetib kelishi sabab bo‘lgan.