Xorijdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

eʼlon qilindi
Qurolli mojarolarga qo‘shilish borasida
Xorijdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi / Foto: Adobe Stock

Migratsiya agentligi xorijda bo‘lgan fuqarolarga murojaat qilib, qurolli mojarolar va jangovar harakatlarda ishtirok etish qat’iyan man etilishini eslatdi.

So‘nggi paytlarda ayrim davlatlarda mehnat migrantlarini yollash holatlari ortib bormoqda. Bunday takliflarga rozi bo‘lish nafaqat hayot va erkinlikka, balki kelajak imkoniyatlariga ham katta xavf tug‘diradi.

Fuqarolarga qurolli hududlarga yaqinlashmaslik, harbiy operatsiyalarda qatnashmaslik, xorijiy davlatlar qurolli kuchlari yoki boshqa kuch tuzilmalariga qo‘shilmaslik, shuningdek, shubhali shaxslar va tashkilotlar takliflarini rad etish qat’iy tavsiya qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154¹-moddasiga muvofiq, xorijda yollanma asosda harbiy xizmat o‘tagan shaxs 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq DXX Rossiyadagi migrantlarni «A.U.Y.» jinoiy guruhidan ogohlantirgan edi.

Shuningdek