
Yangi Toshkentda uzunligi 8 km bo‘lgan yangi metro yo‘nalishi 2026-yil oxirigacha foydalanishga topshiriladi. Yo‘nalishda uchta bekat joylashadi, deya xabar berdi Yangi Toshkent qurilishi direksiyasi.
Loyiha qiymati $110 millionni tashkil etadi. Investorga aylangan Turkiyaning XVAV YAPI SANAYI VE TIC. A.S. kompaniyasi 2025-yil oxirigacha $11 million, 2026-yilda esa yana $99 million mablag‘ yo‘naltiradi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toshkent metropolitenida yil boshidan beri 145 mlndan ortiq yo‘lovchi tashilgani haqida yozgan edi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,2 millionga yoki 10,8 foizga ko‘pdir.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Yerusti halqa yo‘li»dagi yana 6 ta metro bekati 2-avgustdan vaqtincha yopilishi haqida xabar bergan edi.