
Geely kompaniyasiga qarashli Zeekr brendi yangi flagman gibrid krossoveri – Zeekr 9X narxini rasman e’lon qilmagan bo‘lsa-da, internetda dilerlar uchun mo‘ljallangan taqdimot slaydi tarqaldi. Unda avtomobil narxi 550 ming yuan, ya’ni qariyb $77 ming deb ko‘rsatilgan.

5239×2029×1819 mm o‘lcham va 3169 mm g‘ildirak bazasiga ega yirik lyuks krossover 2,0 litrli dvigatel asosidagi gibrid tizimdan quvvat oladi. Uning umumiy quvvati derayli 1400 ot kuchiga teng. Model avtopilot va moslashuvchan osma tizim bilan jihozlangan.

Zeekr 9X o‘zini Rolls-Royce Cullinan va Bentley Bentayga raqibi sifatida ko‘rsatmoqda. Biroq bu modellar ancha qimmat. Masalan, Cullinan AQShda $394 mingdan boshlanadi va Zeekr darajasidagi quvvatni taklif qilmaydi. Shu bois narx va imkoniyatlar nisbatida Zeekr 9X bozorda kuchli raqobatchiga aylanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Zeekr zirhli elektromobilini taqdim etgani haqida yozgan edi.