Yangiliklar

Baxtiyor Saidov Latviyaning yangi tayinlangan elchisini qabul qildi

TIV
Yaunzems Girtsdan
Baxtiyor Saidov
Baxtiyor Saidov Latviyaning yangi tayinlangan elchisini qabul qildi / Foto: Baxtiyor Saidov telegram kanali

Tashqi ishlar vazirligi rahbari Baxtiyor Saidov Latviyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Yaunzems Girtsdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Bu haqda Saidov telegram kanalida ma’lum qildi.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p yillik hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro manfaatli yangi imkoniyatlarni ikki tomonlama va mintaqaviy darajada rivojlantirishga tayyorlik bildirildi.

«Janob Elchini ushbu lavozimga tayinlangani bilan samimiy tabriklaymiz va mamlakatimizdagi diplomatik missiyasida muvaffaqiyatlar tilaymiz», — deya qayd etgan Baxtiyor Saidov.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Fransiyaning O‘zbekistonidagi elchisi faoliyatini yakunlagani haqida yozgan edi.