Chevrolet Camaro 1000 ot kuchiga ega elektromobil sifatida qaytariladi

15-avgust 2025 12:17 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Camaro
Chevrolet Camaro 1000 ot kuchiga ega elektromobil sifatida qaytadi / Foto: HSV

General Motors 2023-yil dekabrida ishlab chiqarishdan to‘xtatilgan Chevrolet Camaro nomini qaytarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Motor Trend nashri xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, model 2026-yil oxirida elektr krossover ko‘rinishida taqdim etilishi va Ford Mustang Mach-E bilan raqobat qilishi mumkin.

Yangi Camaro BEV3 platformasida ishlab chiqiladi. Dastlabki versiyalar Chevrolet Blazer EV’dan olingan texnologiyalarga ega bo‘lib, orqa yoki to‘liq tortish tizimida 304 ot kuchigacha quvvat va 85 hamda 102 kVt·soatli akkumulyator variantlari bilan taqdim etiladi.

Foto: Chevrolet

Sport yo‘nalishidagi SS versiyasi Blazer EV SS’ga o‘xshash bo‘lsa-da, 623 ot kuchi va 880 Nm moment bilan kuchliroq bo‘lishi kutilmoqda. Eng yuqori darajadagi Camaro ZL1 uch motorli tizim va GMC Hummer’ga teng. U taxminan 1000 ot kuchiga ega quvvat bilan jihozlanishi mumkin.

GM iyun oyida Panther savdo belgisi uchun patent olgan. Bu nom ilk Camaro ishlab chiqilishidagi kod nomi bo‘lgan. Kompaniya rahbari Mark Roys o‘tgan yili Camaro arzonroq elektromobil sifatida qaytishi mumkinligini bildirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chevrolet Damas haqida qiziqarli 5 ta fakt maqolasini e’lon qilgan edi.

Shuningdek