Farg‘onada bojxona posti boshlig‘i pora bilan ushlandi

eʼlon qilindi
U $5 ming va bitta iPhone16 Pro talab qilgan
kishan
Farg‘onada bojxona posti boshlig‘i pora bilan ushlandi / Foto: Ochiq manbalar

Farg‘ona viloyatidagi chegara-bojxona postlaridan birining boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘z xizmat mavqeyidan foydalanib, fuqaroga Qirg‘izistondan olib kelingan 80 dona iPhone 16 telefonini rasmiylashtirmasdan o‘tkazib berish evaziga $5 ming va bitta iPhone 16 Pro talab etgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbir davomida bojxona organlari podpolkovnigi porani olayotganida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Mazkur holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Afrosiyob»ga to‘siq qo‘ygan temiryo‘lchilar 12 va 13 yilga qamalgan edi.

Shuningdek