Iyul oyida Qozog‘iston bozorini Chevrolet egalladi

Iyul 2025-yilda Qozog‘istonda 20 165 dona yangi yengil va tijorat avtomobili sotildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 10,6 foiz ko‘pdir, deb xabar berdi Qozog‘iston Avtomobilchilar Ittifoqi. Yil boshidan beri esa jami 125 034 ta avtomobil sotilgan — bu o‘tgan yilga nisbatan 23,4 foizga yuqori.
Brendlar orasida iyul oyida yetakchi Chevrolet bo‘ldi — 4048 dona avtomobil sotildi (+70,4%). Hyundai ikkinchi o‘ringa tushdi: 3713 dona (-14,4%). Uchinchi o‘rinda Kia — 2170 dona (+11,9%). Keyingi o‘rinlarda Jetour (1321 dona, +26,7%) va Chery (1138 dona, -17%).

Model reytingida birinchi o‘rinda Chevrolet Cobalt — 3417 dona. Undan keyin Hyundai Tucson (1211 dona) va Kia Sportage (955 dona) joylashdi. Top-10 talikda uchta Xitoy modeli bor: JAC JS3 (605 dona), Haval M6 (528 dona) va Chery Tiggo 2 (397 dona).
Avvalroq Kursiv Uzbekistan kelajakda Chevrolet Cobalt o‘rnini qaysi mashina egallashi mumkinligi haqida yozgan edi.