Jenevada plastik shartnomasi bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi

eʼlon qilindi
Unda 180 dan ortiq mamlakatlar ishtirok etdi
Jenevada plastik shartnomasi bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi / Foto: Fabrice Coffrini/AFP/Getty Images

Jenevada plastik ifloslanishga qarshi dunyodagi ilk global shartnomani ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan muzokaralar natijasiz yakunlandi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 180 dan ortiq mamlakatlar ishtirok etgan yig‘ilishda ishlab chiqarishni cheklash va zaharli kimyoviy moddalarni bosqichma-bosqich yo‘q qilish masalalari bo‘yicha keskin kelishmovchilik yuzaga keldi.

Saudiya Arabistoni va Rossiya kabi yirik neft-gaz ishlab chiqaruvchi davlatlar cheklovlar o‘rniga qayta ishlash va qayta foydalanishga e’tibor qaratishni taklif qildi. Ko‘plab davlatlar esa plastik ishlab chiqarishni kamaytirmasdan inqirozni hal etib bo‘lmasligini ta’kidladi.

Olimlar plastikning inson salomatligi va atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazayotganini, qayta ishlash darajasi esa global miqyosda 10% dan kamligini ma’lum qildi. Muzokaralar qachon davom etishi hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri hokimi «Maxsustrans»ning moliyaviy ahvoli yomonligini aytgan edi.

Shuningdek