
UFC prezidenti Dana Uayt ikki vazn toifasida chempion bo‘lgan irlandiyalik Konor Makgregorning promoushen jangchilar ro‘yxatidan chiqarilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda Championat.com nashri ma’lum qildi.
«Bu to‘liq bema’nilik», – deb yozdi Uayt ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Makgregor 31-iyul kuni doping tekshiruviga qaytganini ma’lum qilgan edi. 37 yoshli jangchi 2021-yil iyulidan buyon oktagonga chiqmagan. O‘sha vaqtda u UFC 264 turnirida amerikalik Dastin Poryega birinchi raundda oyog‘idan jarohat olib, texnik nokaut bilan yutqazgandi.
Ma’lumot uchun, irlandiyalik sportchi professional faoliyati davomida jami 28 ta jang o‘tkazib, 22 ta g‘alaba va 6 ta mag‘lubiyat qayd etgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan UFC prezidenti Oq uyda UFC turniri o‘tkazilishini rasman tasdiqlagani haqida xabar bergan edi.